Bog'lanish

Katta kompaniyalarga ishga topshirish uchun sizda 3 ta yo'l bor:

1. Ochiq ish o'rinlariga topshirasiz;

2. Kompaniyada ishlaydigan tanishingiz sizni tavsiya (refer) qiladi;

3. Kompaniyaning HR'i (ishga oluvchisi) sizga aloqaga chiqadi.

 

Ish o'rinlariga topshirish

Universitetni endi tugatib hali hech qanday ish tajribasiga va IT bozorida ko'p tanish-bilishga ega bo'lmagan yoshlar uchun odatda bu eng oson yo'l. Shunchaki, LinkedIn'ga ishlashni xohlayotgan manzilingiz va nimalarni bilishingizni kiritasiz va u sizga to'g'ri keladigan bir qancha ochiq ish o'rinlarini topib beradi. O'zingizga yoqqan ishlarga CV'ingizni (Rezyumeingizni) yuborganingizdan keyin, HR minglab shunday CV'lar orasidan siznikini tanlasa keyingi bosqichga o'tishingiz mumkin. Ha, minglab CV'lar. Shu sabab ham bu yo'l bilan ishga kirish okeanga qarmoq tashlab oltin baliq tutishdek gap.

 

Tavsiya

Ko'pchilik tanlaydigan yo'llardan biri esa bu tepadagidek LinkedIn'dan o'ziga ish o'rnini topib, lekin to'g'ridan-to'g'ri ishga topshirish o'rniga, o'sha kompaniyada ishlaydigan "tanishi"dan uni refer (tavsiya) qilishini so'rash. HR'lar referral orqali kelgan nomzodlarga to'g'ridan-to'g'ri topshirgan nomzodlardan ko'ra biroz bo'lsada ko'proq e'tibor berishadi.

Lekin "men topshirmoqchi bo'lgan kompaniyada mening tanishim yo'q" deb o'ylashingiz aniq. Siz yolg'iz emassiz. Bunday xolatda, LinkedIn, Blind, va Telegram kabi dasturlar sizga as qotadi. Ba'zi bir professionallar "referral"larga jiddiy yondashib, faqat o'zi birga ishlagan odamlarni refer qilsa, boshqalari kim so'rasa yordam qo'lini cho'zaveradi. Ularga muvaffaqiyatli referrallar uchun kompaniyadan beriladigan $2,000 dan $4,000 gacha bo'lgan sovg'aning umuman qizig'i yo'q)

 

HR

Biroz ishlab tajriba yiqqaningizdan keyin esa, HRlarning o'zi sizga LinkedIn yoki Email orqali aloqaga chiqishni boshlaydi. Sizning profilingiz HRlarda ko'rinishi uchun esa doimiy ravishda LinkedIn'da postlar yozib turish, postlarga like va izohlar qoldirish va aloqaga chiqqan HRlarga javob qaytarish yordam beradi. Bu yo'lning qolganlaridan yaxshi tarafi shundaki, siz allaqachon minglab nomzodlar orasidan tanlab olindingiz, demak endi katta ehtimollik bilan ishga kirish-kirmaslik o'zingizni qo'lingizda. 

 

Mening holatimda ham, 2024-yil 19-noyabr kuni Waymo, biroz o'tib 2025-yil 2-yanvar kuni Google HR'larining o'zlari menga LinkedIn'dan aloqaga chiqishdi va birinchi intervyuga taklif qilishdi. 

 

1-Intervyu: Phone Screening

Ilk interview phone screening (telefon suhbati orqali saralash) deb nomlanadi. Bu odatda norasmiy ko'rinishda o'tadi. Ya'ni do'stingiz bilan gaplashgandek gaplashasiz. Suhbatning yarmi HR menga Google'ni sotishi bilan o'tdi: Ular kelajakni qurayotganligi, yaxshi maosh to'lashi, 3 mahal ovqat borligi, men va oilam uchun tibbiy xizmatlarning tekin bo'lishi, dunyodagi istalgan Google offisiga kira olishim va shu kabi perk (imtiyozlar)ni aytib, meni Google'da ishlashga yanayam qiziqtirib qo'ydi. 

Suhbatning 2-yarmi esa Google'ga kiraman deb shuncha nomzod turganda, ular nega aynan meni olishi kerakligini sotishim bilan o'tdi. Oldin qaysi kompaniyalarda ishlaganligim, u yerda qanday texnologiyalardan foydalanib nimalar qurganligim, bo'sh vaqtimda qanday loyihalar ustida ishlaganligim, qayerlarda nutq so'zlaganlarimni eshitib, HR meni yanayam ishga olgisi kelib qoldi.

Oxirida esa men kutayotgan maoshni so'radi. HOT TAKE: O'ylashimcha katta kompaniyalarda phone screeningda aytadigan kutayotgan maoshingiz hech narsani o'zgartirmaydi. Affirm'dagi intervyular oxirida, kutayotgan maoshimdan 3 baravar ko'proq, Google'da esa 1.5 baravar ko'proq maoshga kelishdik. Shu sababli birinchi intervyuda bu haqida ko'p ham o'ylayvermang.

 

2-Intevryu: Coding

Google'dan Offer oldim maqolasida yozganimdek, hali intervyularga tayyor bo'lmaganligim tufayli, intervyularni iloji boricha kechroqqa qo'ydim va erta-yu kech LeetCode masalalar yechib, intervyuga tayyorlandim. LeetCode'da "Assesment" nomli bir yaxshi dastur bor: u sizga savollar orasidan 3 tasini ixtiyoriy tanlab, ularni ishlashga bir yarim soat vaqt beradi. Shunday assesmentlardan 20 dan ortiq bajardim va to'g'ri yechimlarini o'rgandim.

 

How was Dr. Strange able to see all 14 million different futures if only  one was supposed to happen via the sacred timeline? Is this a plot hole? -  Quora

ADHD tufayli muhim kunlardan oldin uxlay olmayman. Miyyam Doctor Strange'ga o'xshab ertangi kun qanday o'tishi mumkinligining 14,000,605 xil yo'lini ko'rib chiqadi. IELTS, SAT, TIS Imtihoni, Affirmdagi intervyularni hammasini uyqusiz o'tkazganman. Google ham bundan mustasno bo'lmadi. Buning ustiga intervyularim AQSH vaqtida, ya'ni yana ham kechroq edi. 

Intervyu kunida uxlamagan miyyamga yana bir Assesment qilmoqchi bo'ldim. Bitta oson, bitta o'rta va bitta qiyin masala tushdi. Oson masalani tezda yechdim. O'rta masalani ishlolmasam odatda o'tirib ishlashga harakat qilaman yoki javobiga qarab qanday ishlashni o'rganaman. Lekin, uxlamaganligim tufayli ikkisini ham qilishga o'zimda kuch topa olmadim va intervyu boshlanguncha DOTA o'ynashga qaror qildim.

Intervyu boshlandi va... Albatta.

Entrevistamos (en secreto) a un inspector de la Guía Michelin

Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas edi. Aynan o'sha ishlay olmagan va qanday ishlashni o'rganmagan savolim tushdi. Stressim 10 baravarga oshib ketti. "Google" orzusi 6 oyga kechikishini tushunib yettim.

Lekin bu safar boshqacha edi. Leetcode'da xato qilishga, shunchaki chiqib ketib DOTA o'ynashga, keyinroq qaytib kelib savol yechimini o'rganishga imkoniyatim bor edi. Unday imkoniyat endi yo'q. Yoki bu savolga javobni topaman yoki Google'ni unutaman.

You know there is only one oppotunity to win the championship. No round two's...

Masalani ishladim va keyingi bosqichga yo'l oldim.

 

3-Intervyu: 4 soatli onsite.

Bu bosqich ilgari offisning o'zida, yuzma-yuz bo'lgan, shu sababli ham onsite nomini olgan. Intervyu kompaniya va ish darajasiga qarab har xil tus olishi mumkin. Lekin odata bitta coding (kod yozish) va bitta behavioural (kompaniya kulturasiga tushish) intervyulari doim bor. Uchinchi intervyu yuqoridagilardan yana bir martta, senior'roq bo'lsangiz System Design, yoki Waymoning holatida Take Home assignment bo'lishi mumkin.

Birinchi, kod yozish intervyusiga yaxshi javob berib, ilk kodni yozganimdan so'ng, mendan kodni tezlashtirish ilojisi bor yoki yo'qligini so'rashdi. Shundan so'ng tezroq yechimni tushuntirib berib, optimal yechimda to'xtaldik.

Ikkinchi, Take Home bosqichida esa menga masala 3 kun oldin berilgan edi. 45 daqiqali intervyuning birinchi 15 daqiqasi shaxsiy qiziqishlar (kitoblar va legolar) haqida gaplashish, 20 daqiqasi qilib kelgan uy ishimni yechimini muhokama qilish va so'nggi 20 daqiqasi kompaniya kelajagi haqida gaplashish bilan o'tdi. Ha, suhbatimiz yaxshi va ikkimizga ham qiziq bo'lganligi uchun, biroz limitdan chiqdik. Shundan so'ng intervyularda kimligingiz, fikrlashingiz, va xulq-atvoringiz kod yozish darajangizdan ancha muhimligiga yana bir bor amin bo'ldim.

Uchinchi, Behavioral intervyuda, Amerikalik xodim o'zini 1 soatdan keyin deadline'i bordek va men uni chalg'itayotgandek tutdi. Juda tez savollarni so'rab, men gapirayotganda faqat kompyuterda yozib o'tirdi. Men ham hotirjamlik bilan javob berish o'rniga, shoshilib javob berishni boshladim va bu keyinchalik xatoligini tushunib yettim.

 

4-Intervyu: Direktor bilan uchrashuv

Onsitening ertasi kuni, intervyudan o'tganligimni va endi Polshadagi Waymo'ning direktori bilan ko'rishishim kerakligini aytishdi. Intervyuda mendan hech narsa kutilmadi va bu intervyudan ko'ra suhbatga o'xshab tuyildi. Suhbatda, Direktor Waymo'ning kelajagi va strategik maqsadlari bilan bo'lishdi. Oxirida "senda kompaniya kelajagi haqida qandaydir savollar bormi?" deb so'radi. Shunday qilib suhbatlarga borishdan oldin har hil savollar tayyorlab qo'yish kerakligini o'rganib oldim.

 

Offer

Suhbatdan 2 kun o'tgach menga rasmiy taklifni yuborishdi va bir oz muzokaralardan keyin kelishuvga erishdek va taklifni imzoladim. Jamoam haqida so'raganimda esa, "meni yoqtirmadi; buni vaqtini olyapman shekilli" deb o'ylagan behavioral intervyuni olgan suhbat oluvchiga mening javoblarim juda yoqqaligini, shu sababli uning jamoasiga qo'shilayotganligimni ma'lum qilishdi.

Jasurbek Zokirov